- Жанр
- Rock, Language
- Лицензия
-
- Автор музыки
- SunoAI
- Автор текста
- Allaqulov Bekzod
- Исполнитель
- SunoAI
- Текст
- Ulfatim ko'p men ularni do'st bilaman
Ko'zlarim ko'r yolg'onlarni rost bilaman
Ona aytgin sensiz axir ne qilaman?
Sensiz topgan dunyoyimga o't qo'yaman.
Mansab nima qo'ldan uchib ketguvchidir
Boylik ketsa hamma kechib ketguvchidir.
Xasta onam men uchun qon yutguvchidir
Sensiz topgan dunyoyimga o't qo'yaman.
Burda nonin berib qo'yib qilar ta'na
Duogo'yim duo qilar yana-yana
Yonimda sen bo'lsang bari bo'lar ona
Sensiz topgan dunyoyimga o't qo'yaman.
Bor davlatim hayotimda o'zing axir
Sensiz ona har ne yegan luqmam taxir
Menga nima yonib ketsin Sahro kabir
Sensiz topgan dunyoyimga o't qo'yaman
Meni o'ylab kechalari dardga to'lma
Kelmasam gar yo'llarimga ko'zing qo'yma
Jonim onam xasta bo'lma xasta bo'lma
Sensiz topgan dunyoyimga o't qo'yaman