- Лицензия
-
- Исполнитель
- Dilnoz & Mirjalol Ne'matov
- Альбом
- Single
- Текст
- Yolg'izginam sirdoshim mani
Dunyolarga alishmam sani.
Degan o'sha va'dalar qani?
Va'dalarda qolib ketdi ishq
Kuyib-kuyib yonib ketdi ishq.
Biz uchrashgan bog'lar hamon bor
Balkim bizdan hamon umidvor
Uchrashmaymiz shunchaki takror
Ishonchimiz gumon bo'ldi ishq
O'sha bog'da xazon bo'ldi ishq.
Oshiq edim yorim vaslida
Sevildim deb sevdim aslida
Ko'rsam ikki qalb o'rtasida
Sargardonu sarson bo'ldi ishq.
Oshiq edim yorim vaslida
Sevildim deb sevdim aslida
Ko'rsam ikki qalb o'rtasida
Sargardonu sarson bo'ldi ish
Eh, shunchalar arzon bo'ldi ishq.
Achinmaydi kimsa qadriga
Ozor berib ming bor qalbiga
Quloq tutmaydilar dardiga
Layli Majnun doston bo'ldi ishq
Bizga kelib tamom bo'ldi ishq.
Erkam endi afsuslar bekor
Yoshga to'lgan bu ko'zlar bekor
Bizni deya xasta-yu bemor
Sho'rlik holi yomon boldi ishq
Chidolmadi vayron bo'ldi ishq.
Oshiq edim yorim vaslida
Sevildim deb sevdim aslida
Ko'rsam ikki qalb o'rtasida
Sargardonu sarson bo'ldi ishq.
Oshiq edim yorim vaslida
Sevildim deb sevdim aslida
Ko'rsam ikki qalb o'rtasida
Sargardonu sarson bo'ldi ish
Eh, shunchalar arzon bo'ldi ishq.