RealMusic

Beparvo

33 / 0 / 4 года
Ixtiyor Osmanov.

Qay birin aytayin bisyor gaplarim,
Faqat sen bularni xis qilolsang bas.
Kunda azob berar ko‘ngil dardlarim,
Lekin afsus Senga bu qiziq emas.

Xazil emas, chindan bergandim ko‘ngil,
Meni shod etardi seni quvonching.
Seni mexring ila ovunsa bu dil,
Menga zarur edi seni ishonching.

Naqorat:
"Ming xil o'y fikir yuragim tilar.
Shaytonlar menga jilmayib kular.
Azoblar qalbimni birma bir yular.
Nega sen beparvo beparvo buncha...?

Balki unutarman vaqt o‘tgan sayin,
Kutmay ham qo‘yarman xabarlar hatto.
Seni sevging menga armon, bu tayin,
Ranjima, bu sevgim bo‘lsa xato.

Kim bilsin balki bu so‘nggi so‘zlarim,
Tilagim, yashagin quvonchga to‘lib.
Quvonchningni ko‘rsin mening ko‘zlarim,
Yashagin dunyoda eng baxtli bo‘lib.

Naqorat:
"Ming xil o'y fikir yuragim tilar.
Shaytonlar menga jilmayib kular.
Azoblar qalbimni birma bir yular.
Nega sen beparvo beparvo buncha...?